Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Karmana tumanida özining 3 haftalik çaqaloğini 5 million sömga sotmoqçi bölgan ayol qölga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

1981 yilda Nurota tumanida tuğilgan, turmuşidan ajralgan F.A. şu yilning 4 mart kuni tuğilgan farzandi Mehriddinni qiziltepalik ayol D.J.ga 5 million sömga sotişga kelişgan. D.J.ning mazkur kelişuv yuzasidan Navoiy viloyat huquqni muhofaza qiliş organlariga yozgan arizasidan söng F.A. jinoyat ustida qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.