Piyoz va sarimsoqni muntazam iste'mol qiliş içak saratoni xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. The Irish Times Irlandiya, Buyuk Britaniya va Xitoy onkologlari qatnaşgan tadqiqotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Turli yoşdagi 1,6 ming erkak va ayol iştirokidagi kuzatuvlar har kuni 74 g piyoz iste'mol qiliş içakda saraton hujayralari rivojlaniş ehtimolini 79 foizga kamaytirar ekan. Kök piyoz va sarimsoq ham xuddi şunday antikanserogen xususiyatlarga ega. Ularning bari allitsin - hujayralarni erkin radikallardan xalos qilişga qodir biologik faol moddaga ega. Olimlar, şuningdek, uşbu sabzavotlarni termik qayta işlaş ularning terapevtik xususiyatlarini sezilarli darajada kamaytirişini aniqlaşdi.
Mahalliy onkologik jamiyat (ICS) ma'lumotlariga köra, içak saratoni Irlandiyada teri saratonidan keyin turuvçi ikkinçi eng keng tarqalgan saraton kasalligi hisoblanadi. ICS tadqiqotçi guruhi rahbari Robert ÖKonnorning sözlariga köra, uşbu kasallikning rivojlaniş xavfi köpinça notöğri turmuş tarzi va ovqatlaniş bilan boğliq, şu bois profilaktikaning asosiy usuli kletçatkaga boy ratsiondir. Uning ta'kidlaşiça, mazkur tadqiqot natijalari azaldan özining antibakterial va yalliğlanişga qarşi xususiyatlari bilan maşhur piyoz va sarimsoqning antikanserogen xususiyatlarini yaqqol namoyiş etadi.

















