AQŞ prezidenti Donald Tramp yetakçi ommaviy axborot vositalarini "xalq duşmanlari" deb atadi va ularni korrupsiyada aybladi.
"Yetakçi ommaviy axborot vositalari tanqid oloviga duç kelişdi va butun dunyo korrupsiyalaşgan va soxtakor deya ularning ustidan kulmoqda. Ular ikki yil davomida aslida kelişuv yöq bölsa-da, Rossiya bilan kelişib olganlik haqidagi xomxayollarini ilgari surişdi. Ular darhaqiqat xalq duşmanlari va muxolifatçi partiya!", - deb yozdi Tramp Twitter’da.
Avvalroq AQŞ boş prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi ştabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari böyiça suriştiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etgandi.
«Suriştiruv Tramp kampaniyasi iştirokçilari yoki u bilan aloqador şaxslarning 2016 yilgi AQŞ prezidenti saylovlariga ta'sir körsatiş uçun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi», — dedi u.













