«Qirğiziston birligi» mintaqalararo jamoat taşkiloti raisi Abduğani Şokirovning «Govorit Moskva» radiostansiyasiga intervyuda ma'lum qilişiça, Yoqutistonda muhojirlarga qarşi qabul qilingan çoralar «juda qattiqdir».

Avvalroq, Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev bu yil 33ta iqtisodiy sohada mehnat migrantlarini işga jalb qilmaslik böyiça körsatma bergani ma'lum bölgandi.

Şokirovning ta'kidlaşiça, bunday qaror Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi kelişuvlari, şuningdek, Rossiya qonunçiligiga zid keladi.

«U yerda [Yoqutiston] işlayotgan kişilar allaqaçon mahalliy şaroitlarga moslaşib ketgan. Iş va yaşaş joyini özgartiriş qiyin», - dedi u.

Uning qöşimça qilişiça, diaspora bu «nozik» masala böyiça eng yuqori darajadagi rossiyalik amaldorlarga murojaat qilişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, uning umid bildirişiça, uşbu vaziyat davlatlararo darajada körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Yoqutistonda migrantlarga qarşi norozilik aksiyalari bölib ötayotgani, Özbekistonda favqulodda işçi guruh tuzilgani xabar berilgandi.