Davlat bozor munosabatlariga maksimal darajada aralaşmasligi kerak. Tarix Argentinadagi göşt inqiroziga guvoh, bu köpçilikka saboq bölgandi. Özbekistonda göşt mahsulotlari, çorvaçilikka e'tibor qay darajada? Göştning roli turmuş tarzimizda qançalik ahamiyatga ega?

Göşt avvalo inson organizmi uçun zarur bölgan oqsil, temir moddasi va aminokislotalarga boy mahsulotdir. Har bir inson kuniga örtaça 200 gramm miqdorida göşt iste'mol qilişi foydalidir. Agar göşt narxi qimmatlaşsa va mahsulot tanqisligi yuzaga kelsa nima böladi? Buni hisoblab köriş har kimning öz tasavvur doirasiga boğliq. Kun.uz tahririyatiga kelgan navbatdagi murojaat respublikadagi yuzlab çorvador fermerlarning dardi ekan.

«Kim senga sot degan, öşanga bor»

«Men Begzod Berdiyev Qaşqadaryodagi «Boyqörğon pahlavoni» fermer xöjaligi rahbariman. Biz bir neça yillardan beri, poytaxtimizdagi bozorlarda arzonlaştirilgan narxlarda göşt sotib kelamiz. Şu kunga qadar Çorsu bozorida arzonlaştirilgan narxda 28 ming sömdan göşt sotib keldim. 2018 yilga qadar 10 tonnagaça göşt sotganman. Bunday arzon narxda göşt sotişdan maqsad – Vazirlar Mahkamasining yiğiliş bayoniga köra, har bir kilogramm sotilgan göşt uçun imtiyozli narxda 15 kilogramm şeluxa, 15 kilogramm şrot berilişi kerak edi. Biz şunga işongan holda, 10 tonnagaça göşt sotganmiz. Bizning asosiy faoliyatimiz çorvaçilikdir. Şu kungaça bizga berilişi kerak mahsulotlardan 1 kilogramm ham olmadik. Bu böyiça murojaat qilib «Özdonmahsulot»ga ham bordik. Ular:"Sizlarga mahsulot ajratib beradigan odamga boringlar",-deb aytişdi. Keyin Vazirlar Mahkamasidagi Akmal Toşev degan odamga borsak: «Kim senlarga sot degan bölsa, öşanga boringlar»,-deb aytdi. Axir, 2018 yil 14 sentyabrda Boş vazir tasdiqlagan hujjatga köra, boş vazir örinbosari Mirzayev, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov, Veterinariya qömitasi rahbari Norqobilov imzo çekkan deb aytdik. «Öşa odamlarga boringlar» deyişdi-da, bizni haydab çiqarişdi. Oxir-oqibat çorvalarimiz oç qolmoqda. Şaxsan özim 120 million söm zararga kirdim. Menga deyarli 400 tonna yem berilişi kerak edi», deydi qaşqadaryolik çorvador fermer.

«Men ham bir neça yillardan beri göşt sotaman. Tuman çorvaçilik bölimidan topşiriq beradi. Sotgan mahsulotlarimizdan va'da qilingan yemlarni ololmaymiz. Qoramollarimiz qolmadi, faqat qöylar qoldi. Hozir juda ham qiynalyapmiz. 500dan ziyod qöyimiz bor edi, hozir 250ta qoldi. 80dan ziyod molimiz bor edi, qolmadi. Bizga juda qiyin bölib qoldi. Dardimizni heç kim eşitmaydi. Çiqmagan joyimiz qolmadi. Har kilogramm göştimizdan 7 ming sömdan zarar qildik. Sotmaydigan bölsak, sotasan deyişadi. Bölmasa çorvani yöq qil deydi.