O‘zbekiston | 11:31 / 29.03.2019
7384
3 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etilmoqda

Foto: Depositphotos

Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan soddalashtirilgan tartibda ish yuritish to‘g‘risidagi bob Norma tomonidan ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etilmoqda. Bahosi quyidagi miqdordan oshmaydigan da'volar ana shu tartibda ko‘rib chiqiladi:

• yuridik shaxslarga nisbatan – 20 EKIH;
• yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – 5 EKIH.
 
Bu korporativ nizolar bo‘yicha (IPKning 30-moddasi) va huquqiy ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarga (IPKning 27-bobi) taalluqli emas. Shuningdek, soddalashtirilgan ish yuritishga uchinchi shaxs kirishsa yoki soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan qarshi da'vo kelib tushsa, sud ishni da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim chiqaradi. Quyidagi hollarda ham xuddi shunday yo‘l tutiladi: 
 
• ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
• qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;
• bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa.
 
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri soddalashtirilgan tartibda ko‘rilishi mumkin, boshqalari esa bunday tartibda ko‘rilishi mumkin bo‘lmasa, barcha talablar umumiy tartibda ko‘riladi.
 
Ushbu mexanizmning yana bir qator farqlanuvchi jihatlari mavjud, nashr ularni tizimlashtirib, jadval shaklida ko‘rsatdi:

Qonun 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid