Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus hamda O‘zbek-Rus qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Belarus Respublikasining Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetining O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida:

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorligidagi qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetini;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

jismoniy tarbiya, sport va turizmni rivojlantirish uchun turli darajadagi pedagogik kadrlar, trenerlar, hakamlar jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda ta'lim berish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda ta'lim berish;

yuqori malakali mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

Belgilab qo‘yilishicha: