Koreya Respublikasining «Young one Corporation» kompaniyasi Özbekistonning qişki öyinlar böyiça milliy terma jamoasi ekipirovkasini özbek brendi ostida işlab çiqarişda yordam beradi. «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

27 mart kuni «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida «Young one Corporation» kompaniyasi rahbari janob Sung Kixak bilan muzokaralar ötkazildi. Kompaniya taniqli The North Face brendi ostidagi mahsulotlarni işlab çiqaradi. 

Uçraşuv davomida tomonlar tekstil sohasida hamkorlik qilişga oid masalalarni muhokama qilişdi. 

Muzokaralar yakunlariga köra, Koreya tomonning mamlakatimiz qişki öyinlar böyiça milliy terma jamoasi uçun özbek brendi ostida sport formasi kolleksiyalarini işlab çiqarişda kömak berişiga kelişildi. 

Ta'kidlaş joizki, 27-29 mart kunlari «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbariyati boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Seul şahrida taşrif bilan bölib turibdi. Taşrifning birinçi kuni ikki tomonlama uçraşuvlar va Koreya tekstil sanoati vakillari bilan muzokaralar ötkazilgan.