Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasi doirasida vazirlar, hokimlar va hukumatning boşqa vakillarining eng sevimli kitoblari röyxatini taqdim qilişda davom etadi.

«Bugun röyxatimiz har kungidan biroz qisqaroq. Çunki köp rahbarlar xizmat safarlarida bölgani uçun ular bilan boğlaniş biroz qiyin bölmoqda. Lekin kezi kelganda bir gapni aytiş kerak, «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasini amalga oşirişda taşkilotlarning matbuot xizmatlari katta yordam berişmoqda. Umuman olganda mansabdor şaxslar bilan boğlaniş avvalgidek boşoğriq yoki uşalmas orzu bölmay qoldi, ayrimlarini istisno qilganda, deyarli barça taşkilotlarda jamoatçilik bilan işlaşda keskin ijobiy özgariş bölgani quvonarli hol», deya qayd etgan u loyihaning navbatdagi qismida.

Kozimjon Kamilov – Oliy sud raisi

• Oybek. «Navoiy»
• Ötkir Hoşimov. «Ikki eşik orasi»
• Said Ahmad. «Ufq»

Pölat Bobojonov – Içki işlar vaziri

• Uinston Çerçill. «Ikkinçi jahon uruşi» (6 tomlik)
• Aleksandr Dyuma. «Graf Monte Kristo»
• Jumaboy Rahimov. «Vatanning şeryurak bahodiri»

P.Bobojonov «Vatanning şeryurak bahodiri» asarini millat qahramoni, sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotiga oid eng mukammal asarlardan biri sifatida e'tirof etdi va barçaga uşbu asarni mutolaa qilişni tavsiya qildi.

Alişer Sultonov – Energetika vaziri

• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»
• Aleksey Tolstoy. «Pyotr Birinçi»
• Oybek. «Navoiy»

Şuningdek, A.Sultonov Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» asarini ham sevib mutolaa qilganini ta'kidladi.

Zafar Röziyev - Qaşqadaryo viloyati hokimi

• Nizomulmulk. «Siyosatnoma» (Siyar ul-muluk)
• Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»
• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»

Şuningdek, Z.Röziyev «Temur tuzuklari»ni ham alohida yodga oldi.