UzCard tölov tizimi Rossiyaning «Mir» tölov tizimi bilan hamkorlik qiliş töğrisidagi şartnomani imzoladi.  

Şartnoma Toşkentda bölib ötayotgan MDH davlatlari Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy forumi doirasida imzolandi.

Şartnoma 2019 yil oxiriga qadar UzCard tölov tizimi qatnaşçilari bölgan banklar tomonidan «Mir» tölov kartalarini qabul qilişni taşkillaştirişni közda tutadi. 

Şuningdek, «Mir» tölov tizimi qatnaşçilari bölgan Rossiya banklari tomonidan UzCard kartalari qabul qilinişini ta'minlaş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, ikki mamlakat tölov tizimlarining özaro hamkorligi natijasida UzCard «Mir» tölov tizimi texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.