Özbekiston milliy jamoasi va BAAning «Şarja» klubi yarimhimoyaçisi Otabek Shukurov şu hafta boşida «China cup-2019» xalqaro musobaqasidan örin olgan Xitoyga qarşi öyinda (1:0) jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Keyinçalik tekşiruvlar natijasida Şukurovning boldir suyagi pastdan singani va u kamida 2 oy maydonga tuşa olmasligi ma'lum böldi.
ÖFA rasmiy saytining xabar qilişiça, Shukurov Londonda operatsiya qilinadigan bölgan. Hozirda u hujjatlar bilan boğliq rasmiyatçiliklar tugaşini kutmoqda. Jarrohlik amaliyoti qaçon ötkazilişi haqida ma'lum qilinmagan.
«Milliy jamoa şifokorlari mahalliy şifoxonada Otabek Şukurovga dastlabki tibbiy yordamni körsatgaç, futbolçi davolanişni davom ettiriş uçun öz klubi ixtiyoriga yöl oldi. Çunki bunday hollarda futbolçi jarohatini davolaş uçun klub bilan maslahatlaşgan holda iş tutişi talab etilardi. «Şarja» klubi şifokorlari Otabek Şukurovning jarohatini közdan keçirib, operatsiya orqali davolaşga qaror qilişdi», – deyilgan ÖFA xabarida.

Bildirilişiça, 22 yoşli xavbekka jarohat yetkazgan xitoylik futbolçi Vei Şixaodan taşqari, Xitoy milliy jamoasi yordamçi murabbiyi, şifokori va menejyeri ham undan xabar olib, hujumçining harakatlaridan afsusda ekanliklarini aytib ötişgan.
Avvalroq Şixao Şukurovni yöqlaş uçun Özbekiston milliy jamoasi joylaşgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Şundan söng uning klubi «Guançjou Evergrand» uşbu yangi a'zosining harakatlarini qoralab, bir oyga futboldan çetlatgandi.

















