Qariyb 16 soatdan beri töxtovsiz yoğayotgan yomğirdan söng Samarqand şahrining bir qator köçalariga suv toşgan. Bunga köçalardagi yomğir suvlari oqib ketadigan drenaj ariqlarining intensiv tölib qolişi sabab bölgan.
Ayniqsa, şaharning markaziy Registon va Dahbed köçalari çorrahasida transport harakati falaj bölib qolgan.
Şuningdek, Buyuk ipak yöli, Afrosiyob, Mahmud Qoşğariy, Mir Said Baraka, Obi Rahmat, Muqumiy, Özbekiston, Amir Temur, Konimex, Möliyon-Soçakiy köçalarida ham suv töplanib qolgan.
Ayni vaqtda Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari obodonlaştiriş bölimi, yonğin xavfsizligi bölimi va «Suvoqova» korxonasi bilan hamkorlikda tabiiy hodisa oqibatlarini bartaraf etiş borasida işlarni olib borişmoqda.
Bir qator köçalarda transport qatnovi tiklangan. Ayrim köçalarda hanuz tozalaş işlari olib borilmoqda.
Kun.uz muxbiri Samarqand köçalaridan fotoreportaj tayyorladi.

























