Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining qarori bilan Yuridik şaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalarining 13-bandiga özgartiriş kiritildi.

Hujjat Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi Qonuni, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritiş” yillik hisobotida Özbekiston Respublikasining reytingini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik şaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalarining 13-bandi (Taşkilotlar kassasiga naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boşqariş vazifalarini amalga oşiruvçi şaxsning imzosi qöyilgan kassa kirim orderi böyiça qabul qilinadi) ikkinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boşqariş vazifalarini amalga oşiruvçi şaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir ştampi (ştamp mavjud bölgan taqdirda) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tuşirilgan çipta (slip) pul topşirgan şaxsga beriladi.”.