Bugun, 30 mart kuni Mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev öz şaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni poytaxtdagi maktabga sovğa qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev xayrli taşabbusni ilgari surib, boş vazirdan boşlab har bir rahbarni maktab kutubxonalariga kitoblar sovğa qilişga da'vat etgan edi.

Pavel Ergaşev Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan 171-sonli maktabga özining şaxsiy kutubxonasidan örin olgan va özi uçun sevimli bölgan kitoblarni maktab kutubxonasiga hadya etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Uşbu maktabda qizim tahsil olgan. Bu yerdagi pedagoglarning malakasiga şubha qilmayman, barçasi bilimli, saviyali insonlar. Farzandlarimizga bilim berişdan heç qaçon çarçamaydilar», — dedi mudofaa vaziri birinçi örinbosari.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uşbu taşabbus ösib kelayotgan yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini, mehrini va intilişini oşiriş, kitobxonlikni ommaviylaştiriş, uluğ bobolarga munosib avlodni voyaga yetkazişda muhim hayotiy ahamiyatga ega.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati