2019 yil 23 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani Nurmuhammedov ko‘chasida yashovchi I.Q. mast holda O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan to‘yxona hovlisida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan qo‘shnisi I.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada I.S. kasalxonaga yotqizilib, I.Q. qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.