Britaniya qirollik oilasi a'zosi, gersoginya Megan Markl boşqa malikalar farzand körgan tuğruqxonaga bormaydi, deb xabar tarqatgan The Sun.

Ma'lum qilinişiça, malika Keyt Middlton va Diana farzandlari dunyoga kelgan Muqaddas Meri şifoxonasining Lindo qanoti xizmatidan Megan Markl foydalanmoqçi emas. U turmuş örtoği Garri bilan istiqomat qilayotgan xonadoniga yaqin joydagi tuğruqxonani tanlagan, şuning bilan qirollik oilasining an'anasini buzişga ahd qildi.

«Garri va Megan farzandining tuğilişi jamoatçilikda katta qiziqiş uyğotişini biladi. Ammo tuğilajak bola taxtning töğridan-töğri egasi bölolmaydi, şuning uçun qirollik juftligi tuğruqni omma nigohidan yaşirmoqda» , — deb yozadi naşr.

1977 yildan buyon şifoxonaning Lindo qanoti qirollik oilasi uçun an'anaviy tuğruqxonaga aylangandi. Bu yerda malika Annaning öğli — şahzoda Piter, tört yil ötib qizi Zara dunyoga kelgandi.