Rossiya hukumati gaz uçun “aqlli hisoblagiçlar”ni majburiy tarzda örnatiş ğoyasidan voz keçdi. Bu haqda Rossiya boş vaziri örinbosari Dmitriy Kozak ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, mazkur loyihani amalga oşiriş uçun talab qilinadigan summa aholi uçun öta qimmatlik qiladi.
“Rossiya hukumati iste'molçilar manfaatini hisobga olmasdan qaror qabul qila olmaydi”, — dedi Kozak.
Kozakning aytişiça, hukumat bu hisoblagiçlar arzonlaşişini va mazkur ğoya rossiyaliklarga qiyinçilik tuğdirmaydigan payt kelişini kutib turadi.
Rossiyada gaz uçun “aqlli hisoblagiçlar” örnatilişi rejasi haqida ötgan yil dekabrida ma'lum qilingandi. Öşanda butun Markaziy Rossiya böyiça bunday hisoblagiçlar örnatilişi 130 milliard rublga tuşişi, bitta uskunaning narxi 5 ming rublni taşkil etişi aytilgandi.

















