Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi hamda Jizzax viloyati hokimligining “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga jami 5704 gektar eksportbop ekinlar ekish uchun ajratib berilgan yerlarda amalga oshirilgan ishlar kutilgan natija bermaganligi sababli ushbu yerlarni tuman zaxirasiga olib, MChJ shaklidagi “Jizzax organik” qo‘shma korxonasiga ajratib berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligiga Zomin tumanidan ajratilgan 3136,8 gektar, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ga Zarbdor tumanidan 2567,2 gektar jami 5704 gektar yer maydonini tegishli hududlari bilan birgalikda tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarib, topshirilishini va qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanishini ta'minlaydi.
Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografik va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu 5704 gektar yer maydonlaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida 100 mln. AQSh dollari qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish uchun MChJ shaklidagi “Jizzax organik” qo‘shma korxonasiga ajratib berilishini ta'minlaydi.











