Yoqutistonda Özbekistondan noqonuniy migratsiya kanalini yölga qöygan şaxslarga jazo hukmi çiqarildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Yoqutistondagi boşqarmasida ma'lum qilindi. 

Boşqarmada ta'kidlanişiça, noqonuniy muhojirlar 2017 yil Magan posyolkasida aniqlangan.  

Sud janubiy osetiyalik erkak mahalliy fuqarodan 8 gektar yer maydonini ijaraga olgandan keyin u yerda işçilar uçun inşootlar qurilişini yölga qöyganini aniqlagan. Erkak özbekistonlik ayol bilan özbekistonliklarni işga jalb qiliş böyiça til biriktirgan. 

“Tergov ma'lumotlariga köra, X. va K. yuqorida qayd qilingan xorijiy fuqarolarni keyinçalik işçi kuçi sifatida qöllaş uçun Rossiya hududida noqonuniy qolişini taşkillaştirişga kelişib olgan”, deyilgan xabarda.

Sud uşbu kimsalarga 4 yillik qamoq jazosi tayinlagan, noqonuniy muhojirlar esa Yoqutistondan deportatsiya qilingan.

Avvalroq Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev xorijliklarni 2019 yilda iqtisodiyotning 33 ta sohasidagi işga jalb qilişni taqiqlaş haqidagi farmonni imzolagan.

Nikolayev, şuningdek, Yoqutiston mutasaddi idoralari yoqutistonlik qizning öğirlanib, zörlanişi bilan boğliq rezonans işdan keyin noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişini aytgan.

Aniqlanişiça, uşbu jinoyatni Qirğizistonning 23 yoşli fuqarosi sodir etgani ma'lum bölgaç, 17 mart kuni Yoqutistonda norozilik mitingi bölib ötgan. Ayrim xabarlarga köra zöravonlikda bir neça qirğizistonlik iştirok etgan.