Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasining axloq qömitasi «Navbahor» klubining sobiq boş murabbiyi Ilhom Möminjonovni 50 million söm jarimaga tortdi va futboldagi faoliyatdan 5 yilga çetlatdi.
ÖFA sayti xabariga köra, 40 yoşli mutaxassis 2017 yilda «kelişilgan öyinlarni taşkil qiliş, jumladan, öyin natijasiga ta'sir qiliş maqsadida «Navbahor»ning bir qança futbolçilarini öyinni sotişga undagan».
Tribuna.uz manbasi ma'lumotiga qaraganda, Möminjonov barça ayblovlarni inkor qilgan va öziga qarşi körsatma berganlarni tuhmatda ayblagan.
ÖFA sayti xabarida Möminjonov qaysi futbolçilarni öyinni sotişga undagani haqida ma'lumot yöq. Ammo, «Surxon» klubining texnik direktori Şerzod Şaripov axloq qömitasiga suriştiruv jarayonida yolğon körsatma bergani va qömitani qaror çiqarişda çalkaştirgani, şuningdek, «Surxon» klubi sardori Dilşod Jabborov «Navbahor»ning sobiq boş murabbiyi Ilhom Möminjonovga kelişilgan öyinlarni taşkil qilişda yordam bergani va futbolçilarni öyinni sotişga undagani, şuningdek, qömitaning yozma va oğzaki sörovlariga e'tibor bermay, uzrli sababsiz qömita yiğilişiga kelmagani haqida xabar bor. Ularning har ikkalasi ham 2019 yil oxiriga qadar futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan çetlatilgan.
Qayd etiş joizki, Möminjonov bilan deyarli bir xil «qoidabuzarlik» sodir etgan va ustiga-ustak, qömitaga körsatma berişdan boş tortgan Dilşod Jabborovning jazosi nega yengil bölganiga ham izoh berilmagan.
Jazolanganlarning ikki nafari «Surxon» nomi bilan boğliq bölsa-da, Termiz şahri klubining bu işlarga aloqasi yöq. Gap şundaki, 2019 yil mavsumi boşlanişidan oldin, Ilhom Möminjonov «Surxon» klubi boş murabbiyi qilib tayinlangan edi. Şundan söng, u bilan «Navbahor» klubida işlagan xodim va futbolçilar Termiz klubiga ötgan. Ularning orasida Şerzod Şaripov va Dilşod Jabborov ham bor.
2019 yil fevral oyida ÖFA Möminjonovni «Aziz Turğunboyev işi» böyiça futboldagi faoliyatdan bir yilga çetlatgan edi. Şundan söng, u «Surxon» klubi boş murabbiyligidan ketdi.

















