Rossiya boş prokuraturasi ilk bor davlat ramzlarini tahqirlaşga yöl qöyib bölmaslik haqidagi qonunni qölladi.
Boş prokuratura Roskomnadzordan Yaroslavl ommaviy axborot vositalaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi haqoratomuz graffiti haqidagi yangilikning öçirilişiga erişişni talab qilgan.
Yangi qonunga köra, boş prokuratura Roskomnadzorga “Putin haqidagi ma'lumot öçirilmasa, uni tarqatuvçi axborot resurslariga kirişni çeklaş talabi bilan” murojaat qilişi kerak bölgan.
Öçirilgan xabarlarda 31 martga ötar keçasi Yaroslavl içki işlar boşqarmasi binosida paydo bölgan graffiti haqida gapirilgan. Binoning ustunlarida Putin nomiga haqoratli sözlar qoldirilgan bölgan. Yaroslavlning bir neçta naşri uşbu xabarni öçirib taşlagani, biroq Roskomnadzordan heç qanday rasmiy sörov olmaganini ta'kidlab ötgan.
Yaroslavldagi naşrlardan biri “Yarkub” ularga bu haqda Roskomnadzorning talabi kelib tuşganini tasdiqlagan. “Roskomnadzor bizdan yangilikni öçirişni ikki marta söragan. Dastlab materialni yarim tungaça olib taşlaş iltimosi bilan maktub yöllangan, söngra boş muharrir telefoniga qönğiroq bölgan”, deb ma'lum qilgan naşr.
Putin tomonidan 18 martda imzolangan jamiyat, hokimiyat organlari va davlat ramzlarining internetda tahqirlanişi haqidagi qonun mart oxirida rasman kuçga kirgan. Uning bajarilişi uçun prokuratura Roskomnadzor bilan birga javob beradi.

















