Kitob – insonning erkin fikrlaşi, dunyoqaraşining kengayişi, aqlan yetuk bölişi, ma'naviyatining şakllanişida asosiy örinni egallaydi.
Kitob — insonning eng yaqin dösti va maslahatçisi hamda bilim manbai. Uni öqigan insonning aqli çarxlanadi va ma'naviyati yuksalib boradi. Kitobga bölgan muhabbat, uni qadrlaş va sevib öqiş bolalikdan boşlanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning "Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş buyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida qator tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Respublikamiz böyiça kitob tarqatiş böyiça köpdan-köp aksiyalar uyuştirildi va uyuştirilmoqda, el orasida ardoqli insonlar ibrat tariqasida turli ta'lim maskanlariga taşrif buyurib, bilim va ma'rifat manbalarini ulaşmoqdalar.
Ana şunday tadbirlardan biri, navbatdagisi poytaxtda bölib ötdi.

“Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Alişer Maqsudov Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi özi tahsil olgan 160 maktabda bölib, “Butunjahon bolalar kitob kuni” tadbirida iştirok etdi hamda maktab kutubxonasiga turli kitoblar töplamini sovğa qildi.
Kitoblar öquvçilar va ustozlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi va maktab axborot-resurs markazidan joy oldi. Endi ular navbati bilan mutolaa qilinadi.
Uşbu maktabda faoliyat yuritayotgan ustoz-muallimlar hamda öquvçilar bunday xayrli işlar kelajakda öz mevasini berişiga katta işonç bildirdilar.
















