Yangi Zelandiya hukumati 14 mart kuni Kraystçerçdagi ikkita masjidga hujumlardan keyin öz fuqarolaridan öqotar qurolni qaytarib sotib olmoqçi. Qurolni sotib oliş uçun 300 million Yangi Zelandiya dollari (200 mln dollardan köproq) talab etilişi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq mamlakat boş vaziri Jasinda Ardern bu maqsadda kamroq pul – 100 mlndan 200 mln Yangi Zelandiya dollarigaça sarflanişi mumkinligini aytgan. Biroq uning örinbosari Uinston Pitersning aytişiça, “vaziyat kutilgandan yomonroqligiga tayyor turiş” lozim.
1 aprelda mamlakat parlamentida öqotar qurolga egalik qiliş qoidalariga kiritilişi mumkin bölgan özgartirişlar taqdim qilingan. Deputatlar bu özgartirişlarni yaqin orada muhokama qilişadi.
Qonun loyihasiga köra, Yangi Zelandiyada köplab yarimavtomatik miltiq turlari taqiqlanadi, sentyabrgaça esa yangi zelandiyaliklar öz qurollarini politsiyaga topşirişlari kerak böladi. Faqatgina 22 kalibrdagi miltiqlarga hamda öqdoni 5 ta va undan kamroq öqqa möljallangan qurollar bundan istisno qilingan. Qonunni buzganlik uçun qamoq jazosi berilişi mumkin: taqiqlangan qurolni saqlaganlik uçun – 2 yillik, uni odamga öqtaganlik uçun 7 yilgaça qamoq jazosi.
Bugungi kunda Yangi Zelandiyada qurolni internet orqali sotib oliş mumkin, istalgan fuqaro 16 yoşdan boşlab maxsus litsenziya asosida unga egalik qila oladi.
Yangi özgarişlarga qarşi öqotar qurol egalari uyuşmasi a'zolari qarşi çiqmoqdalar. Ularning ta'kidlaşiça, yangi qonun Yangi Zelandiyaning 250 ming fuqarosini jinoyatçiga aylantiradi. Biroq Piters bu gaplarni “safsata” deb atagan.

















