3 aprel oqşomida Germaniya kubogining çorak final uçraşuvlari bölib ötdi.
Musobaqaning amaldagi finalçisi «Bavariya» va ikkinçi divizion vakili «Haydenhaym» örtasida «Alyans-Arena»da bölib ötgan uçraşuv gollarga boy tarzda ötdi – 5:4. Unda 13-daqiqadan boşlab bir kişi kam bölib öynagan maydon egalarining qöli baland keldi. Bosqiç doirasidagi qolgan uçta öyin mehmonlarning ğalabasi bilan yakunlandi. «Verder» «Şalke» maydonida, «Hamburg» esa «Paderborn»ga qarşi mehmondagi öyinda 2:0 hisobida ğalaba qozondi. «Leypsig» esa «Augsburg» maydonidagi öyinning 94-daqiqasida hisobni tenglaştirdi, overtaymlarda ham qöşib berilgan daqiqada (120+1) penaltidan gol urib, yarim finalga yöl oldi.
Yarim finalga 7 aprelda qur'a taşlanadi. Bosqiç öyinlari 2-3 aprel kunlari bölib ötadi. Kubok sohibi 25 may kuni Berlindagi «Olimpiya» stadionida aniqlanadi.
Germaniya kubogi
1/4 final, 3 aprel
Bavariya – Haydenhaym 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 1:0 – 12 Goretska, 1:1 – 26 Glatsel, 1:2 – 39 Şnatterer, 2:2 – 53 Myuller, 3:2 – 56 Levandovski, 4:2 – 65 Gnabri, 4:3 – 74 Glatsel, 4:4 – 77, penalti Glatsel, 5:4 – 84, penalti Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Rafinya (Koman, 46), Kimmix, Xummels, Alkantara, Goretska, Xames, Gnabri, Riberi (Boateng, 24), Myuller
Çetlatiş: Zyule (13, Bavariya).
Şalke – Verder 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 65 Raşitsa, 0:2 – 72 Klassen.
Çetlatiş: Şahin (90, Verver).
Paderborn – Hamburg 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Lasogga, 0:2 – 68 Lasogga.
Augsburg – RB Leypsig 1:2 (0:0, 1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 74 Verner, 1:1 – 90+4 Finnbogason, 1:2 – 120+1, penalti Halstenberg.

















