Agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan öz vaqtida ta'minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida Özbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, “Özagrotexsanoatxolding” va “Özagroservis” aksiyadorlik jamiyatlari hamda ularning tarkibiga kiruvçi korxonalar boşqaruv organlari, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligining tanlov asosida eng yaxşi takliflarni ajratib oliş yöli bilan:

“Özagrotexsanoatxolding” AJning xöjalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi uluşlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qoliş şarti bilan 1-ilovaga muvofiq;

hududiy “Agroservis MTP” MÇJning maşina-traktor parklari ustav kapitali (fondi)dagi uluşlarini tadbirkorlik sub'yektlariga baholaş qiymatida maşina-traktor parklarining asosiy faoliyati turi (mexanizatsiya va servis xizmatlarini körsatiş)ni saqlab qoliş va 5 yil muddatga bölib tölaş şarti bilan 2-ilovaga muvofiq sotiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Qaror bilan:

“Özagrotexsanoatxolding” AJning xöjalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi uluşini 1-ilovaga muvofiq sotişdan tuşgan mablağlar “Özagrotexsanoatxolding” AJning investitsiya loyihalarini amalga oşirişga yönaltirilişi;

maşina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boşlangiç narxni ular sotuvga qöyilgan sanadan ikki oy ötgaç har 15 kunda bosqiçma-bosqiç 10 foizga kamaytiriş mexanizmini qöllagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bölmagan narxda ommaviy sotuvga qöyilişi belgilab qöyildi.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xöjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi uluşlarni baholaş hamda ularni sotiş böyiça tanlovlarni e'lon qiliş va ötkazişda şaffoflikni ta'minlaşda “Özagrotexsanoatxolding” AJ va “Özagroservis” AJga har tomonlama kömaklaşadi.

1-ilova

Ustav kapitallari (fondlari)dagi “Özagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining uluşlari korxonaning asosiy faoliyatini saqlab qoliş şarti bilan sotiladigan xöjalik jamiyatlari röyxati.

2-ilova

Ustav kapitallari (fondlari)dagi hududiy “Agroservis MTP” MÇJlarning uluşi tadbirkorlik sub'yektlariga sotiladigan maşina-traktor parklari röyxati.