Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya maxfiy harbiy bazasi hujjatlarda pioner lageri sifatida ko‘rsatilgani aniqlandi
Molkino (Krasnodar o‘lkasi) qishlog‘idagi xususiy harbiy kompaniyalar jangchilarini tayyorlash bazasi hujjatlarda pioner lageri sifatida ko‘rsatilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Rossiya harbiy razvedkasi bazasi hududida joylashgan uchta kazarma haqida ketmoqda. U yerda, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Suriyaga jo‘natilishidan oldin tayyorlanadi. Rossiya Mudofaa vazirligiga rasman aloqador bo‘lmagan binolarning qurilishi bilan rossiyalik ishbilarmon Yevgeniy Prigojinning «Konkord» kompaniyasiga aloqador va Rossiya armiyasi bilan ishlagani uchun AQSh qora ro‘yxatiga kiritilgan «Megalayn» shirkati shug‘ullangan.
Hujjatlarda kazarmalardan biri «pioner lageri», boshqa ikkitasi esa «dam oluvchilarni vaqtinchalik joylashtirish binolari» sifatida ko‘rsatilgani «Megalayn» va uning «Sevzapstroy» subpudratchisi sud da'volari tufayli ma'lum bo‘ldi. Ma'lumotlar manbasi sifatida sud «Sevzapstroy» va «Vivaxaus» kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvni keltirgan.
«Bizda buyurtmachi bilan kelishuv bo‘lgan - ya'ni, biz buni Qora dengiz yaqinidagi pioner lageri sifatida yozganmiz», - degan agentlikka xodimlardan biri.
Mudofaa vazirligi, «Megalayn» va «Konkord» agentlikning binolar nima maqsadda qurilgani haqidagi savoliga javob bermadi.
Mavzuga oid
08:42
Sobiq razvedkachi Rossiyani uzoq yillik urushlarga tayyorlanishga chaqirdi
08:37
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
20:16 / 03.06.2026
Ukraina navbatda: Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi
09:00 / 03.06.2026