Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşlari apparatlari kengaytirilgan rejali maslahatlaşuvlar ötkazdi.
Maslahatlaşuvda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Qozoğiston Respublikasi prezidenti yordamçisi - Qozoğiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Kalmuxanbet Qosimov iştirok etdi.
Tomonlar çegara xizmatlari va bojxona organlari örtasida kontrabanda hamda bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşda özaro hamkorlik samaradorligini oşiriş masalalarini muhokama qildilar.
Özbekiston va Qozoğiston delegatsiyasi tomonidan Özbekiston - Qozoğiston davlat çegarasidagi nazorat-ötkaziş punktlari, avtomobil yöllarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş hamda hududlarni obodonlaştiriş böyiça yöl xaritasini amalga oşiriş jarayoni körib çiqildi.
Muzokaralar kun tartibiga Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik va özaro işonçni yanada mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlar kiritildi. Ikki mamlakat vakillari Afğonistondagi vaziyat nuqtai nazaridan mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanişini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunlariga köra, ikki mamlakatning tegişli davlat organlariga aniq körsatmalar berildi.

















