Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Qur'on tilovat etildi.

Uşbu qadamjo X—XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda payğambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beşinçi avlodi bölgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qönim topgan. Şu bois u aslida Sulton Sodot, ya'ni «Sayyidlar sultoni» deya atalgan. Keyinçalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boşqa sayyidlar dafn etilgan.

Olimlar fikriça, Hasan al-Amir öz yaqinlari bilan taxminan 865 yilda Termizga kelib, yaşab qolgan. Şu tariqa bu yerda obröli sayyidlar sulolasi şakllangan. Örta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida örni bölgan. Sohibqiron va temuriylar payğambarimiz avlodlariga hurmat körsatişni şaraf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar öz davrining uslubiga mos ravişda barpo etilgan. Şu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma'naviy, madaniy ahamiyatga egadir.

Prezident uşbu qadamjo ulkan ma'naviy meros, musulmonlar uçun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal örganiş, xalqimizga va çet elliklarga yetkaziş zarurligini ta'kidladi. Majmua hududini arxeologik örganiş asosida uni obodonlaştiriş, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va gözal ziyoratgohga aylantiriş böyiça körsatmalar berdi.

«Şavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ham ziyorat qildi. Yurtimizga tinçlik, qut-baraka tilab duo qilindi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.