O‘zbekiston iqtisodiyotida bozorlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan ham muammosi ko‘pi bo‘lmasa kerak. Chunki so‘nggi yillarda shaharlar markazidagi buyum va dehqon bozorlari bir necha marta ko‘chirildi, buzildi, qaytadan qurildi. Bu jarayonlarning og‘iri deyarli har doim tadbirkorning yelkasiga tushgan. Ular endigina bozorga o‘rnashib, sarflagan xarajatini qoplab, daromad ola boshlaganda do‘koni ko‘chirilgan, buzilgan, qayta qurilgan. Bozorda savdo qilish eng beqaror faoliyatdan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu maqolada Xiva shahar buyum bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar duch kelgan shunga o‘xshash muammolar haqida so‘z yuritamiz.

2009 yilda Xiva tumanida «Buyum bozori» ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) tashkil qilinib, unga hokimlik tomonidan yer maydoni ajratib beriladi. 2013 yilda u «Xiva universal savdo kompleksi» aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) aylantirilgan. Uning tarkibida 331 aksiyador va aksiyador hisoblanmagan 500ga yaqin mulkdorlar mavjud. Hozirgi kunda 227 nafar tadbirkor savdo faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

2017 yili Xiva shahri buyum bozori o‘rnida istirohat bog‘i qurilishi munosabati bilan «Xiva universal savdo kompleksi» AJ yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyoji uchun olinishi haqida qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini tanlash (ajratish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi (2018 yil 29 yanvardagi 21-sonli bayonnomasi) hamda Xiva shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi (2018 yil 2 maydagi bayonnomasi) yangi buyum bozori uchun Xiva shahar Sangar mahallasidan yer o‘rni ajratish taklifini ma'qullaydi.

Xiva shahar hokimligi ushbu bayonnomalarga asosan 2018 yil 3 may kuni (diqqat!) «Xiva shahar savdo kompleksi» MChJni tashkil qilish va unga yer maydoni ajratish to‘g‘risida 835-sonli qarorini chiqaradi. U Xiva shahrining sobiq hokimi Erkin Yaqubov tomonidan imzolangan.

«Xiva universal savdo kompleksi» AJ a'zolari fikriga ko‘ra, Sangar mahallasi hududidan yangi buyum bozori qurilishi uchun yer maydoni kompensatsiya tariqasida aynan ularga ajratilishi lozim edi. Buning uchun «Xiva shahar savdo kompleksi» MChJni tashkil qilishga zarurat yo‘q edi.

Xiva shahar hokimligi tomonidan 2018 yil 10 iyul kuni «Xiva universal savdo kompleksi» AJ tadbirkorlarini Sangar mahallasi hududida yangidan tashkil qilingan «Xiva shahar savdo kompleksi» MChJ hududiga ko‘chirish haqidagi 115/1-sonli qarori chiqarilgan. Uning 1-bandida «Xiva universal savdo kompleksi» AJ faoliyatini «Xiva shahar savdo kompleksi» MChJga ajratib berilgan yer maydonida vaqtinchalik davom ettirsin