O‘zbekiston | 11:51 / 08.04.2019
16661
4 daqiqa o‘qiladi

IIV va prokuratura organlarining tergov-tezkor guruhlari maxsus avtotransport bilan ta'minlanadi

Vazirlar Mahkamasining tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tergov harakatlarini hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida innovatsion texnika vositalaridan foydalangan holda sifatli va to‘la amalga oshirish, jinoyatlarning «issiq izi»dan fosh etishni ta'minlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 iyunga qadar ichki ishlar va prokuratura organlarining tergov-tezkor guruhlari tegishli ilovalarga muvofiq maxsus avtotransport vositalari bilan ta'minlanadi.

Quyidagilar maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish hamda ularni jihozlash manbalari etib belgilandi:

ichki ishlar organlari uchun - Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari;

prokuratura organlari uchun - Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

Istisno tariqasida, tergov-tezkor guruhlar uchun avtotransport vositalarini, ularni jihozlash uchun zarur asbob-uskunalar, kompyuter texnikasini, aloqa vositalarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, texnik vositalarni, ularning ehtiyot va butlovchi qismlarini hamda boshqa zarur moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarni, shuningdek, maxsus avtotransport vositalarini jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligiga hamda Bosh prokuraturaga:

maxsus avtotransport vositalari harakatini GPS-navigatsiyadan foydalangan holda monitoring qilish tizimini;

hodisa joyida tergov-tezkor guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan tergov harakatlarini real vaqt rejimida kuzatish tizimini joriy qilishga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga va Bosh prokuraturasiga tergov-tezkor guruhlari faoliyati doirasida qo‘llash uchun videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

Ichki ishlar organlari tergov-tezkor guruhlarini maxsus avtotransport
vositalari bilan ta'minlanish RO‘YXATI

t/r

Tergov bo‘linmalari

Maxsus avtotransport vositalari soni

1.

Ichki ishlar vazirligi

1 ta

2.

Qoraqalpog‘iston Ryespublikasi

1 ta

3.

Andijon viloyati

1 ta

4.

Buxoro viloyati

1 ta

5.

Qashqadaryo viloyati

1 ga

6.

Namangan viloyati

1 ta

7.

Jizzax viloyati

1 ta

8.

Navoiy viloyati

1 ta

9.

Sirdaryo viloyati

1 ta

10.

Samarqand viloyati

1 ta

11.

Surxondaryo viloyati

1 ta

12.

Toshkent shahar

1 ta

13.

Toshkent viloyati

1 ta

14.

Farg‘ona viloyati

1 ta

15.

Xorazm viloyati

1 ta

16.

Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi

I ta

Jami;

16 ta

Prokuratura organlari tergov-tezkor guruhlarini maxsus avtotransport
vositalari bilan ta'minlanish
RO‘YXATI

t/r

Tergov bo‘linmalari

Maxsus avtotransport vositalari soni

1.

Bosh prokuratura

1 ta

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1 ta

3.

Andijon viloyati

1 ta

4.

Buxoro viloyati

1 ta

5.

Qashqadaryo viloyati

1 ta

6.

Namangan viloyati

1 ta

7.

Jizzax viloyati

1 ta

8.

Navoiy viloyati

1 ta

9.

Sirdare viloyati

1 ta

10.

Samarqand viloyati

1 ta

11.

Surxondaryo viloyati

1 ta

12.

Toshkent shahar

1 ta

13.

Toshkent viloyati

1 ta

14.

Farg‘ona viloyati

1 ta

15.

Xorazm viloyati

1 ta

Jami:

15 ta

 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid