Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Odil Qalandaroviç Abdurahmonov prezidentning fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Odil Abdurahmonov (1978 yilda tuğilgan) iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. U muqaddam Prezident Administratsiyasida boş maslahatçi (konsultant), Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qiliş ilmiy markazi rahbari bölib işlagan, 2018 yil 31 iyulidan buyon Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Hozirça uning örniga Oliy ta'lim vaziriga kim birinçi örinbosar bölgani haqida ma'lumotlar yöq.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Abdujabbor Abduvaxitov Yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça prezident maslahatçisi hisoblanadi. Prezident maslahatçisining Odil Abdurahmonovdan taşqari yana ikki örinbosari bor — birinçi örinbosar Özbekiston Yoşlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev va örinbosar Asqarali Daminov.