Odil Qalandaroviç Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanadi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
U yangi lavozimda Ibrohim Abdurahmonov örnini egallamoqda.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tuğilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
U muqaddam prezident devoni (hozirgi prezident administratsiyasi)da boş konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning örinbosari bölib işlagan.
Keyinroq Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qiliş ilmiy markazi rahbari bölgan. 2018 yil 31 iyulda oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan.
2019 yil aprel oyida prezident administratsiyasiga qaytib, prezidentning fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi (Abdujabbor Abduvohidov)ga örinbosar bölgan, 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga ötkazilgandi.
2022 yil avgustida Özbekiston prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan, 2023 yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar doirasida tuzilgan Ijtimoiy rivojlaniş departamenti direktori sifatida iş boşlagandi.













