Odil Qalandaroviç Abdurahmonov Özbekiston prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
U mazkur lavozimdan iste’foga çiqarilgan Abdujabbor Abduvohidovning örnini egalladi.
Abdurahmonov bungaça Respublika oliy ta’lim kengaşi raisi, Toşkent davlat transport universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritayotgandi.
U Prezident administratsiyasida avval ham işlagan: bu tuzilma Prezident devoni deb atalgan vaqtda boş konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning örinbosari bölib işlagan.
Abdurahmonov faoliyati davomida Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qiliş ilmiy markazi rahbari ham bölgan. 2018 yil 31 iyuldan oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan.
2019 yil aprel oyida Prezident administratsiyasiga qaytib, Abdujabbor Abduvohidovga örinbosar bölgan. 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga ötkazilgan.
Abdurahmonov 2022 yil 8 iyundan boşlab Respublika oliy ta’lim kengaşi raisi lavozimida ham faoliyat yuritayotgandi. Bu tayinlovdan köp ötmay kengaşga yangi vakolatlar berilgandi.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tuğilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.













