2019 yilning 1 aprel kuni Bryussel şahrida e'lon qilingan Xalqaro mehnat taşkilotining (XMT) hisobotida Jahon banki tomonidan Özbekiston paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatdan tizimli foydalanişga barham berilgani e'tirof etiladi, deb xabar bermoqda TIV.

Şu asnoda dunyoning eng nufuzli va uzoq tarixga ega xalqaro taşkilotlaridan biri Özbekistonda mazkur sohada işçilar huquqlarining holati har jihatdan sezilarli yaxşilanganini tasdiqladi. Bu esa respublika rahbariyatining mazkur yönalişdagi sa'y-harakatlari samaradorligi, özining barça xalqaro majburiyatlari va «Davlat xalq manfaatlariga xizmat qilişi kerak» degan tamoyilga asoslanuvçi milliy dasturlarini bajariş işiga qat'iy sodiqligining tan olinişidir, deyiladi xabarda.

XMTning fikri intervyu asosida şakllantirilgan. Keng kölamli monitoring mamlakatda paxta terimi çoğida asosiy mehnat huquqlarini himoya qiliş sohasida sezilarli islohotlar ötkazilayotganidan guvohlik beradi. Hisobotda keltirilgan ma'lumotlarga köra 2018 yilda yiğim-terim kompaniyasi iştirokçilarining 93%dan ortiği heç qanday şaklda majburiy mehnatga jalb qilinmadi, şuningdek, studentlar, öqituvçilar, şifokorlar va hamşiralarning tizimli jalb qilinişi kuzatilmadi.

Hosilni yiğib oliş mavsumida bolalar mehnati ilgari jiddiy muammoga aylanganligi, hozir esa uşbu kamçilikning bartaraf etilganligi töğrisidagi xulosalar alohida e'tiborga molik.

XMT direktori örinbosari Hayns Kellerning 2018-yilda paxta hosilini yiğib oliş Özbekistondagi islohotlar jarayonining va bolalar hamda majburiy mehnatga qarşi kuraşişning muhim bosqiçi bölganligi töğrisidagi bayonoti muhim ahamiyatga ega.

Hujjatda, şuningdek, Özbekiston qişloq xöjaligidagi mehnat şaroitining sezilarli yaxşilanganligi, jumladan paxta terimçilariga tölanadigan haqning köpayganligi, söz va fikr erkinligining kuçayganligi, matbuot erkinligini ta'minlaşga oid holatning yaxşilanganligi fakti hamda Özbekistonning huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar va fuqarolik faollari bilan oçiq hamkorlik qilayotganligi e'tirof etiladi.

Mamlakatning barça hududlarida XMT kuzatuvçilari va mahalliy huquq himoyaçilari tomonidan paxta terimçilari va paxta terimida töğridan-töğri yoki bilvosita iştirok etuvçi boşqa guruhlar bilan suhbatlar bölib ötdi. Bundan taşqari, telefon orqali 3000 dan ortiq tasodifiy tanlab olingan kişilar bilan kompleks tekşiruvlar ötkazildi. Hosilni yiğib olişdan oldin XMT ekspertlari paxta terimi uçun işçilarni yollaş bilan bevosita şuğullanuvçi taxminan 7 ming kişi uçun adolatli yollaş tamoyili asosida tayyorgarlik kurslarini taşkil etdi.