Jahon | 14:35 / 09.04.2019
25664
2 daqiqa o‘qiladi

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymaydi

Foto: Sputnik / Bolat Shayxinov

Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palatasi) spikeri, mamlakat birinchi prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva 9 iyun kungi muddatdan oldingi saylovlarda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Kursiv.kz spiker yordamchisi Saula Mustafoyevaga tayangan holda xabar tarqatdi.

Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste'foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Prezidentning vakolat muddati 2020 yil o‘z yakuniga yetadi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma'lum qildi.

«Yo‘q, Darig‘a Nursultonovna o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayapti», - deya xabar bergan Mustafoyeva.

Ma'lumot uchun: Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi.

Mavzuga oid