Mehnat haqidan uşlab qoliş xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bölmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan amalga oşirilişi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.
Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat'i nazar, mehnat haqidan uşlab qolinadi:
belgilangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni undiriş uçun;
sudning qarorlari va boşqa ijro hujjatlarini ijro etiş uçun;
iş haqi hisobiga berilgan avansni uşlab qoliş uçun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqça tölangan summani qaytarib oliş uçun;
hisobidan xodim ta'til olib bölgan iş yili tugamasdan turib mehnat şartnomasi bekor qilinganda, — ta'tilning işlanmagan davrga tegişli kunlari uçun;
xodim tomonidan iş beruvçiga yetkazilgan zararni qoplaş uçun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning örtaça oylik iş haqidan ortiq bölmasa;
intizomiy jazo sifatida qöllanilgan jarimani undiriş uçun.
Yuqoridagi holatda oylik iş haqidan uşlab qolinişi uçun yozma rozilik talab etiladi.

















