Albaniya poytaxti aeroportida samolyotdan bir necha million dollar o‘g‘irlab ketildi
Albaniya poytaxti Tirana aeroportida niqoblarda bo‘lgan qurollangan o‘g‘rilar Avstriyaning Austrian Airlines aviakompaniyasi samolyotiga hujum sodir etib, uning ichidagi bir necha million yevroni o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda ORF teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, samolyot voqea vaqtida Venaga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Albaniya politsiyasining xabar berishicha, o‘g‘rilar aeroport hududiga o‘t o‘chirish mashinalari kirish joyi orqali tushishgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, niqoblarda bo‘lgan 3 bosqinchi samolyot bortiga kirib, ekipajga qurol bilan tahdid qilib, yukxonadagi pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Radio Televizioni Shqiptar teleradiokompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar aeroportga soliq tergovlari boshqarmasi xodimlari kiyimida “Soliq inspeksiyasi” yozuvi bo‘lgan avtomobilda kirishgan.
Albaniya ichki ishlar vazirligida samolyotdan umumiy hisobda 10 mln yevro o‘g‘irlangani ma'lum qilingan.
O‘g‘rilar qochishi vaqtida politsiya tomonidan bir o‘g‘ri bartaraf etilgan. Qolgan bosqinchilar qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ular tomonidan qo‘llangan avtomobil Babrru qishlog‘i yonida yoqilgan holda topilgan. Ayni vaqtda o‘g‘rilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Samolyot ekipaji va yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Voqeadan keyin Ona Tereza nomidagi Tirana aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Voqea sababli samolyot Avstriyaga 2 soatlik kechikish bilan uchgan. Uning bortida 160 kishi bo‘lgan, ularning barchasi parvozgacha so‘roq qilib chiqilgan.
Balkan Insight portalining yozishicha, xorijiy kompaniyalar Albaniyadan Venaga pullarni yetkazishda oddiy aviakompaniyalar xizmatlaridan muntazam foydalanib keladi. Bu o‘g‘rilik Tirana aeroportidagi birinchi shunday o‘g‘rilik bo‘lmay, politsiyaning bunday voqealarga qarshilik ko‘rsata olishga tayyorligi borasida savollar tug‘diradi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
16:28 / 01.11.2024