Amnesty International huquqni himoya qiliş xalqaro taşkiloti Özbekiston sobiq boş prokurori, korrupsiyada ayblanib hibsga olingan Raşid Qodirovga nisbatan qiynoqqa soliş holatlari kuzatilgan bölişi mumkinligi böyiça taşviş mavjudligi haqida ma'lum qildi.
Amnesty International şu yilning 8 aprelida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning matbuot xizmatiga yuborilgan maktubni e'lon qildi. Inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro taşkilot öz murojaatida davlat rahbarini «Raşid Qodirov va sobiq boş prokuror işi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan qolgan 12 nafar sobiq amaldorni qiynoqqa soliş hamda ğayriinsoniy munosabatda böliş holatlaridan himoya qiliş, şuningdek, ularning malakali tibbiy yordam olişlari uçun şart-şaroit yaratiş»ga çaqirdi.
Inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro taşkilotning öz maktubida işonçli manbalar ma'lumotiga tayangan holda yozişiça, «tergov izolyatorida Raşid Qodirovni uyqudan mahrum qilişmoqda va jismoniy zöravonlik qöllaşmoqda».
Bundan oldin, Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining navbatdagi majlisida davlat ayblovçisi sudlanuvçi Raşid Qodirovga yangi ayblov e'lon qilgani xabar berilgandi. Ayblov aynan nimalardan iboratligi aniq emas, çunki bu haqda rasmiy ma'lumot berilmayapti.
Özbekiston prokuraturasini 2000 yildan 2015 yilning apreligaça, 15 yil davomida boşqargan Raşid Qodirov 2018 yilning 22 fevralida Toşkent şahrida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qölga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangandi.
Keyinroq iş doirasida yana öndan ortiq kişi qamoqqa olindi. Ular orasida Toşkent şahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari, adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev va unga yaqin bölgan boşqa prokurorlar











