5 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura binosida prokuratura xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifing Özbekiston Respublikasida ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlaş borasida belgilangan çora-tadbirlar ijrosi mavzusida brifing ötkazildi. Yiğiliş oçiq savol-javob tarzida ötkazildi.
Ma'lum bölişiça, Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşidjon Qodirov işi böyiça 21 kişi qamoqqa olingan.
«Boş prokuraturaning uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan sobiq boş prokuror lavozimida işlagan Raşidjon Qodirovga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida sobiq boş prokuror tomonidan pora evaziga lavozimga tayinlaş, pora oliş va boşqa jinoyat alomatlari aniqlangan. Hozirda 24 nafar şaxsga nisbatan ayblov e'lon qilingan. Şulardan 21 nafariga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov holatlari hanuz davom etmoqda. Tergov yakunlari böyiça OAVga albatta ma'lumot beriladi», - deya Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği örinbosari Mansur Örolovning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşidjon Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlangani ma'lum qilingandi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangan.
Prokuratura vakili «Qodirov işi» doirasida qölga olingan boşqa sobiq amaldorlar nomlarini oşkor etmagan.
Bundan avvalroq OAVda Raşid Qodirov körsatmalaridan keyin adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev, uning turmuş örtoği, «Yunusobod advokatlar kollegiyasi» rahbari Muhabbat Hasanova, ularning öğli, MXXning Toşkent şahar boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi sobiq boşliği Abduraşid Mirzayev, Mirağlam Mirzayevning jiyani (Mir'azam Mirzayevning öğli), MXX Toşkent viloyat boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uuyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi boşliği Mansur Mirzayev qölga olinib, ularga nisbatan jinoyat işi oçilgani aytilgan, ammo boş prokuratura bu xabarlarni tasdiqlamagandi

















