Boysun tumanining Padang qişloğida aqlingizni şoşirib qöyuvçi ajoyib joy mavjud bölib, u yerda sirli tabiiy anomaliya hodisasiga guvoh böliş mumkin. Mahalliy aholi "magnitli joy" deb atovçi bu tepalikka çiqişda fizika qonunlariga qarşi ölaroq, möjiza röy beradi. Uzbekistan.travel uşbu maskandan fotoreportaj bilan bölişdi.

Yuzlab yillar avval mahalliy xalq tepalikda qoldirilgan buyum pastga tuşiş örniga yuqoriga qarab harakatlanişiga guvoh bölgan. Ğaroyib, şunday emasmi?

Mutlaqo tuşunarsiz sabablarga köra, muayyan hududda suv yuqoriga qarab oqadi, undagi töplar ham yuqoriga qarab harakatlanadi, dvigateli yoqilgan avtomobil esa pastga qarab tuşiş örniga tepalikka qarab kötariladi.

Asrlar davomida bu hodisa keng omma orasida tarqalmagan va viloyat doirasidagina ma'lum bölgan. Sönggi yillarda esa bu hudud köpçilikni öziga jalb qilib kelmoqda.

Padang qişloğiga taşrif buyurgan sayyohlar uşbu tepalikni e'tibordan çetda qoldirmaslikka harakat qilişadi va gidlarning bu joy haqidagi hikoyasini diqqat bilan tinglaşadi.

Boysun gravitatsion anomaliyasidan taşqari, bu maskanning betakror tabiati - toğ çöqqilari hamda boğ-roğlari heç kimni befarq qoldirmaydi.

Ta'kidlaş joizki, bu kabi noyob hodisalarga Isroil (Beyt-Şemeş), Iordaniya (Iblis darasi), Hindiston (Ladxak), Örta Ural (Nevyan tumani) va Janubiy Koreya (Çejudo)da ham guvoh böliş mumkin.