Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining zamonaviy andozalar darajasida barpo etilgan va eng sönggi tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan yetti qavatli yangi majmuasi foydalanişga topşirildi.

Majmuaning oçiliş marosimiga bağişlab ötkazilgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi A. Abduvahitov, Boş vazir örinbosari A. Abduhakimov va Soğliqni saqlaş vaziri A. Şadmanov iştirok etdi.

Ayni paytda markazda konsultativ poliklinika, tez yordam bölimi, 240 öringa möljallangan 8ta statsionar va 6ta paraklinik bölim faoliyat körsatmoqda. Yiliga 85 mingdan ortiq bemorga yuqori malakali davolaş-konsultativ xizmati körsatib kelayotgan markaz klinikasida 6 mingdan ziyod noyob amaliyotlar ham bajarilmoqda.

Barça qulayliklarga ega yangi majmuaning foydalanişga topşirilişi travmatologiya sohasida körsatilayotgan tibbiy yordamni yanada takomillaştirişga zamin hozirladi. Markazdagi mavjud örinlar soni 300taga yetdi. Binoda telemeditsina, elektron hujjatlaştiriş, yurişni tekşiruvçi laboratoriya (GateLab), magnit-rezonansli tomografiya, intraoperatsion mikroskopiya, intraoperatsion neyromonitoring kabi yangi diagnostika usullari joriy etiladi. Şu bilan birga, bu yerda yelka, oşiq va mayda böğimlarni endoprotezlaş, umurtqa disk çurralarini yopiq usulda olib taşlaş, umurtqa disklarini lazer bilan kuydiriş, umurtqada endoskopik operatsiyalar, yelka böğimida artroskopik operatsiyalar, tuğma skoliozni operativ davolaş singari zamonaviy davolaş texnologiyalarini qöllaş imkoniyatlari ham paydo böladi. Söngi bir yilda markazning 30 nafar xodimi xorijdagi nufuzli klinikalarda malaka oşirib qaytdi.