Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2017 yil avgust oyida Bekobod şahriga qilgan taşrifida Bekobod şahar aholisi va deputatlaridan Bekobod şahridagi köp qavatli uylarining yuqori qavatlarida yaşovçi aholidan içimlik suv bosimining pastligi va içimlik suvini jadval asosida berilişi muammosi kötarildi.
Bu muammoni hal qiliş maqsadida, 24.10.2017 yildagi Özbekiston Respublikasi PQ-3353-sonli qarori qabul qilindi. Qaror asosida 3-suv oliş inşooti nasos stansiyasi töliq, diamteri Ø800 mm bölgan magistral içimlik suv quvurini 9,5 km qismi rekonstruksiya qilinib, 2018 yilning 21 mart kuni obekt foydalanişga topşirilgan.

Sa'y harakatlar bilan quyidagi natijaga erişildi:
- 3-suv oliş inşootini töliq rekonstruksiya qiliş mobaynida zamonaviy elektrotejamkor nasoslar örnatildi va Bekobod şahar aholisiga 24 soat davomida yuqori bosimli suv beriş imkoniyati yaratildi.
- Şu bilan birga, rekonstruksiya qilinişidan oldin elektr energiya sarfi bir oyga 400 ming kV bölgan bölsa, hozirgi kunda 160 ming kV elektr energiya sarflanib, oyiga 240 ming kV elektr energiya, ya'ni 50 mln söm mablağ tejalmoqda.


Suv yöqotilişi rekonstruksiya qilingandan söng bir oyga 212 000 kub.metr ga kamaydi. Jami xarajatlarni hisobga olib, örganilganda bir oyga 85 000 mln söm miqdorda mablağ tejalişiga erişildi.

Olmaliq şahar “Suvoqova” filiali tasarrufidagi “Sartamğali” suv inşootiga “Grundfos” nasoslarini örnatiş işlari ham jadal olib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 15.07.2015 yildagi “Olmaliq şahrini içimlik suvi bilan ta'minlaş tizimiga zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarini modernizatsiya va joriy qiliş çora-tadbirlari haqida”gi 192-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 25.08.2018 yildagi 01-05/1-116 sonli yiğiliş bayoni ijrosini ta'minlaş maqsadida bir qator işlar amalga oşirildi.

















