Özbekistonda mavjud markazlaşgan oqova suv tarmoqlarining 44 foizi yaroqsiz holga kelgan. Eskirgan kanalizatsiya tarmoqlaridan sizib çiqayotgan oqova suvlar yer osti suvlariga qöşilib ketmoqda, deydi Niğmatilla Yöldoşev.

Senatning 19-yalpi majlisida Niğmatilla Yöldoşev öz kiriş sözida «Suvoqova» davlat unitar korxonasiga qaraşli suv tozalaş inşootlarining 88 foizi faoliyat yuritmayotganini tanqid qildi. 

«Aksariyat korxonalarda suv tozalaş inşootlarining yöqligi, borlarining ham talab darajasida emasligi oqibatida oqova suvlar biologik va kimyoviy tozalaşdan ötkazilmasdan, hududlardagi daryo va soylarga töğridan-töğri oqizilmoqda.

Misol uçun, «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli 87ta korxonadan 44tasida suv tozalaş inşootlari mavjud emas», - deya Senat raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Ma'lum qilinişiça, 2017-2018 yillarda uşbu korxonalardan çiqqan sanoat oqindi suvlarining 83 foizi tozalanmasdan, töğridan-töğri kanalizatsiyaga oqizilgan.

Yöldoşevning bildirişiça, «Özçarmsanoat» uyuşmasiga qaraşli 406ta, «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi tasarrufidagi 206ta korxonadan çiqayotgan oqova suvlarning aksariyati ham tindirilmasdan va tozalanmasdan töğridan-töğri kanalizatsiyaga taşlanmoqda.

«Oqibatda mazkur korxonalarga tutaş hududlarda sanitariya qoidalari va gigiyena normalari jiddiy buzilmoqda. Xususan, odamlar zararli moddalar bilan töyingan suvlarni iste'mol qilmoqda. Zotan, mamlakatdagi 58ta suv tozalaş inşootidan çiqayotgan oqova suvlar tahlil qilinganda, zararli moddalarning belgilangan me'yorlarga nisbatan bir neça ön marotaba yuqori ekanligi aniqlandi. Mutasaddi tuzilmalar esa, bu kabi hayotiy muammolarni samarali hal etiş böyiça yetarliça taşabbus körsatmayapti», - deydi Yöldoşev.