17:13 / 11.04.2019
6569

«O‘zbekoziqovqatxolding» rahbari o‘zi ta'lim olgan maktabga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, har bir rahbarni o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da'vat etgan edi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» XK raisi Tohirjon Jalilov Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi o‘zi ta'lim olgan 2-son umumta'lim o‘rta maktabida bo‘lib, shaxsiy kutubxonasidan maktab kutubxonasiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Mulozim maktabga tashrifi davomida o‘qituvchilar, xodimlar va o‘quvchilar bilan kitobning inson dunyoqarashi, chuqur bilim va ma'naviyati shakllanishidagi ahamiyati xususida ham suhbatlashib oldi.

Shuningdek, Tohirjon Jalilov maktabning eng ilg‘or o‘quvchisiga o‘zi uchun qadrli bo‘lgan Filip Kotlerning «Marketing asoslari» kitobini sovg‘a qildi. 

Kitob – ma'naviyat qo‘ri, ezgulik va to‘kislik asosidir. Yaxshi kitob – jon ozig‘i. Bu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ ajdodlarimizga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Top