30 mart kuni Qarşi şahridagi 3-umumiy örta ta'lim maktabida Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi Jamşid Pirmatovning aholi vakillari bilan uçraşuvi bölib ötdi, deb yozadi “Adolat” SDP matbuot xizmati.

Xabarda aytilişiça, uçraşuvda şahardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va mahallalarda aholi e'tirozlariga sabab bölayotgan bir qator muammolar bildirildi.

Qayd etilişiça, şahardagi 3-umumiy örta ta'lim maktabi 1924 yilda öz faoliyatini boşlagan. Qarşi şahrining 2700 yilligini nişonlaş arafasida “Kökgumbaz” jome masjidi hududi kengaytirilişi munosabati bilan maktabning eski binosi buzilgan. 2006 yilda mazkur ta'lim muassasasi uçun 315 öringa yangi maktab binosi qurib foydalanişga topşirilgan. 

“Maktab binosi quvvatiga öquvçilar sonining nomutanosibligi sababli hozirgi kunda 315 öquvçi soniga möljallangan maktabda 883 nafar öquvçi ta'lim olmoqda. Ta'lim muassasasida faollar zali, ma'naviyat xonasi, mehnat fani ustaxonasi, yoşlar ittifoqi yetakçisi xonasi, maktab psixologi xonasi, maktab direktori örinbosarlari va öqituvçilari uçun xona va hatto bolalar uçun kutubxona va oşxona ham mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, bugungi kunda mazkur ta'lim muassasida 96 öquvçi örniga möljallangan öquv blokini quriş rejalaştirilmoqda. Lekin uşbu öquv blokini quriş bilan ta'lim muassasasining öquvçi örniga bölgan muammosi hal etilmaydi. Sababi, maktab hududiga yaqin bölgan Mahmud Qoşğariy köçasida 3 ta köp qavatli uy foydalanişga topşiriladi va bu uylarga 190 xonadon köçib keladi. Şuningdek, 2019-2020 öquv yilida hududda istiqomat qiluvçi 90 nafar 7 yoşli bolalarning bu ta'lim muassasasiga 1-sinfga kelişi öquvçi örniga bölgan muammoning yanada ortişiga olib keladi.

Uşbu muammoga yeçim topiş maqsadida “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi Jamşid Pirmatov 8 aprel kuni boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovga deputatlik sörovi yubordi.

“Parlament nazorati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga asosan 10 kunlik muddat içida javob berilişi lozim bölgan sörovda Qarşi şahridagi 3-sonli umumiy örta ta'lim maktabi uçun bugungi kunda ta'lim olayotgan öquvçilar sonidan kelib çiqib qöşimça 420 öquvçi örniga ega bölgan öquv blokini quriş masalasini hamda mazkur muammolarni hal qiliş böyiça rejalaştirilgan çora-tadbirlar haqida asoslantirilgan axborot berilişi söralgan”, deyiladi xabarda.