Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar "har yilgi bahorgi hujumlar" boshlanganini e'lon qildi
"Tolibon" harakati "Afg‘onistonda har yilgi bahorgi hujumlar" boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda toliblar bayonotiga asoslanib Agence France-Presse xabar berdi.
"Afg‘onistonning katta qismi dushmandan ozod qilingan bo‘lsa-da, xorijiy istilochi kuchlar islom davlatimizga harbiy va siyosiy qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. Hali maqsadimizga erishmadik", deyiladi bayonotda.
Toliblarning "har yilgi bahorgi hujumlari" odatda jangovar harakatlarning boshlanishini bildiradi, ammo keyingi yillarda ular va Afg‘oniston hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qishda ham bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etish joiz, 14-15 aprel kunlari Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ikkinchi konferensiya o‘tkaziladi. Unda Afg‘oniston hukumati va toliblar vakillari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026