Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charm va mo‘yna xomashyosining eksporti prezident hamda hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladi
Hukumat qarori (303-son, 12.04.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, qonunchilikka muvofiq, charm va mo‘yna xomashyosini eksport qilish prezident va hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq, charm va mo‘yna xomashyosining eksporti prezident va hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan eksport kontraktlari monitoringdan o‘tkaziladi.
Monitoringni o‘tkazish uchun eksportchi tashkilotlar Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
eksport kontraktining asli;
eksport kontraktiga narx kalkulyatsiyasi;
oshlangan yarim tayyor charmni olib chiqish uchun mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Monitoring Uyushma tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi.
Eksport kontraktlari belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lsa Uyushma uch ish kunida Davlat bojxona qo‘mitasiga ma'lumotnoma beradi. Kontrakt belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lmaganida ikki ish kunida Uyushma tomonidan eksportchi tashkilotga kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Charm va mo‘yna eksportining bojxona nazorati Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etilgan ma'lumotnoma asosida o‘tkaziladi.
Mazkur qaror 2019 yil 1 maydan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026