14:35 / 13.04.2019
28540

IIBB: inspektorning bodi-kamerasi onlayn kuzatilishi mumkin  

Bugun, 13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov YHXX xodimlari “Body camera” ishlatishni boshlash sanasi va ishlash tartibi bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Azizxon Umarxonov

Ma'lum qilinishicha, “Body camera” bo‘yicha barcha tender hujjatlari o‘tkazib bo‘lingan, yaqin kunlar ichida dastlabki foydalanish ishlari boshlanadi. Bu kameralar inspektor tomonidan uzluksiz ishlatilishi shart. Faqat zarur hollardagina 5 daqiqaga o‘chirilishi mumkin, bundan ortiq muddatga o‘chsa markazga xabar jo‘natiladi. “Body camera” ma'lumotlari bir oy davomida saqlanadi, zarur bo‘lganda, ya'ni bahsli vaziyatlar yuzaga kelganda so‘rovga ko‘ra ular bilan ham haydovchi, ham nazorat qiluvchi organlar tanishishlari mumkin. 

Tezkor holatlarda IIBB mas'ul xodimlari bu kameralar ma'lumotlarini onlayn tarzda ham kuzatib turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan oldin, Toshkentdagi patrul vertolyoti bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilgandi.

Top