O‘zbekiston | 12:19 / 13.04.2019
48636
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi patrul vertolyoti bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berildi

Foto: Getty Images

11 apreldan Toshkent ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini patrul vertolyoti kuzatib borishi xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda bu borada qo‘shimcha ma'lumot e'lon qilindi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolyot O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli. Bildirilishicha, 11 aprel kuni parvoz uchun noqulay ob-havo bo‘lgani sababli, uning kuzatuvi qisqa noma'lum muddatga qoldirildi.

Ta'kidlanishicha, Toshkent ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini 1ta patrul vertolyoti kuzatib boradi. U yuqoridan harakatni nazorat qilib, kunduz kuni parvozni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi ham tez orada 2ta vertolyotga ega bo‘lib, uning jihozlanishi o‘ziga xos bo‘ladi. U videokuzatuv ishlarini amalga oshirishi mumkin. 

Shuningdek, IIBB tadbirida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga ham vertolyot beriladi.

Bundan oldin, yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar bo‘yicha jarimalar qachondan qo‘llanilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid