Bloomberg agentligi dunyoning yirik şaharlarida yaşovçi kişilar nonuştaga yetadigan pulni qança vaqtda topişlarini aniqlaş maqsadida Bloomberg 2019 Global City Breakfast Index tadqiqotini ötkazdi.
Buning uçun dunyoning 137 ta yirik şahrida standart nonuştaning örtaça narxi va biror kişi bunday nonuşta uçun qança vaqt işlaşi kerakligi hisoblab çiqilgan. Standart nonuşta sifatida bir stakan sut, bitta tuxum, ikki bölak non va bitta meva olingan.
Tadqiqot natijalariga köra, reytingning eng yuqori poğonalarini Jyeneva, Dubay, Bern, Lyuksemburg, San-Fransisko va Tsyurix egallagan. Bu şaharlarda odamlar bir kunda topadigan pullarining 1 foizga yaqinini nonuştaga işlatar ekanlar. Ularga nonuştaga yetadigan pulni topiş uçun 5 daqiqada kifoya qiladi.
Moskvada yaşovçi kişiga buning uçun 10,6 daqiqa vaqt kerak böladi va nonuştaga kunlik daromadining 2,2 foizini sarflaydi.
Reytinginng sönggi örinlarini Afrikaning Lagos va Akkra şaharlari egallagan. Bu şaharda yaşovçilarga nonuştaga yetadigan pulni topiş uçun 2 soatdan köproq işlaşlari talab qilinar ekan. Xitoylikka nonuştaga pul topiş uçun 30 daqiqa, Gana poytaxtida yaşovçi kişiga esa 2 soat 15 daqiqa va kunlik daromadining 28 foizi kerak bölar ekan.

















